Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida vohada jinoyatlarni oldini olish va fosh etishning ahvoli tanqidiy-tahlil etilib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tgan yilda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda joriy yilda amal oshiriladigan rejalar tahliliga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar, tezkor xizmat vakillari, shahar- tuman IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari videoselektor tarzida ishtirok etgan yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov ochib, o‘tgan yilda viloyatda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil qildi. Vohada jinoyatlarning ildiziga bolta urish va unga qarshi kurash, sodir etilganlarini izlar bosilmay fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni yanada kuchaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni muhokama qilib, tegishli sohaviy xizatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘ydi. Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Ushbu jarayonda ogohlikni yanada kengroq targ‘ib etib, yoshlarni turli illatlar domiga tushib qolishining oldini olish bosh vazifa bo‘lmog‘i lozim. Bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.
Bundan tashqari,
shahar-tumanlarda sektor ishchi guruhlari tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay”
va “fuqarobay” ishlash, murojaatlarni izchil o‘rganib fuqarolarga asosli
javoblar berish, hududlarda kommunal sohadagi kamchiliklarni muntazam nazorat
qilib, uchraydigan muammolarni tezda bartaraf etish, asosiy e’tibor aholining
e’tiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni barvaqt aniqlash va ushbu muammolarni
sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bugungi
kunning dolzarb masalasi ekanligi ishtirokchilarga tushuntirildi.
Yig‘ilishda viloyatda joriy yilda kriminogen vaziyatni jilovlash, qonunbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida sohaviy xizmatlar rahbarlarining ish rejasi bilan tinishilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘i berildi.