Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari afv etilgan fuqarolar bilan uchrashib, muammolarini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 dekabrdagi “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bilan Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida viloyat hududida yashovchi, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy muammolari, kelgusidagi rejalari o‘rganilganda tadbirkorlik qilish uchun kredit, o‘qishni qayta tiklash, subsidiya olishga oid murojaatlari tinglandi.
Uchrashuvda ayrimlarining muammolari hal etilgan bo‘lsa, ba’zilariga huquqiy tushunchalar berildi. Mablag‘ va vaqt talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, ularning bandligini ta’minlash va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.
Jazodan ozod etilganlar qilgan ishlaridan pushaymonliklarini ta’kidlab, bildirilgan ishonch uchun Prezidentimizga minnatdorchilik aytdi. Bundan buyon halol ishlab, oilalariga va yurtimizga naf keltirishga va’da berdilar.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.