Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli
Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik
Abduvoxid Ismoilov boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish
xonasida turli masalalar bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi. Qabulda
fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov, jinoyat qidiruv va
profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari, ish
joyini o‘zgartirish va xizmatga qabul qilish bilan bog‘liq qator murojaatlari
tinglandi.
Boshqarma
boshlig‘i fuqarolar bilan yuzma-yuz o‘tkazgan muloqotda ayrim fuqarolarga
muammosi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdi. Boshqa qabul qilingan
murojaatlarni yechimini topish va qisqa fursatda hal etish bo‘yicha soha
rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.