26 Fevral 2024 yil 478

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov Koson tuman “Lolazor” mahalasida yashovchi yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda tuman hokimi va 3-sektor rahbari va ishchi guruhi a’zolari, boshqa mutasaddi idoralar mas’ullari, mahalla xodimlari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

 Tadbirda viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Abduvoxid Ismoilov so‘zga chiqib, Davlat rahbari tomonidan joriy yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

Jumladan, bugun Koson tumani “Lolazor” mahallasida yashovchi otaliqqa olingan ellik nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning muammolari tinglandi.

 O‘tkazilgan tadbirda yoshlar bandligini ta’minlash, mavdjud ish o‘rinlari haqida sektor  rahbari mahalla yigit-qizlariga takliflar berdi. O‘z navbatida yoshlar ham rahbarga o‘z muammolarini aytishdi.

Tadbirda yoshlarning ishga kirish, haydovchilik guvohnomasi olish, kredit, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, moddiy yordam olish kabi murojaatlari tinglandi ayrimlari joyida yechildi. Mablag‘ va vaqt talab etadigan murojaatlar yechimini topish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Mahalla yettiligiga probatsiya nazoratida va profilaktik hisobda turgan hamda ishsiz yoshlarni qamrovga olish, murabbiylar tayinlash lozimligi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

Yoshlarning aniqlangan muammolari o‘rganilib, hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ijro muddatlari belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Yoshlarni muammolarini o‘rganish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech