16 Aprel 2024 yil
259
Sayyor qabulda muammolar yechim topmoqda
Qashqadaryo viloyati
ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov
boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolar bilan
sayyor qabul o‘tkazdi.
Viloyatning turli
tumanlarida yashovchi fuqarolar ishtirok etgan qabulda ichki ishlar
organlarining tergov va dastlabki
surishtiruv ishlari va boshqa huquqiy mavzularga oid jami 14 ta murojaatlari
tinglandi.
Qabul qilingan
murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi. Shu bilan birga 2 nafar fuqarolarga
murojaati bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar o‘rganish
uchun vaqt talab etgani bois ish yurituvga olinib, ijroga qaratildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.