26 Fevral 2024 yil 422

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi shahar, “Aralovul” mahalasida yashovchi yoshlar muammolarini o‘rgandi

Davlat rahbari tomonidan joriy yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat IIB rahbariyati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Davlat rahbari topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi shahar, “Aralovul” mahalasida yashovchi otaliqqa olingan yoshlar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi doirasida mahalla yettiligi bilan probatsiya nazoratida va profilaktik hisobda turgan hamda ishsiz 10 nafar yoshlar bilan yakka tartibda muloqot o‘tkazdi.Uchrashuvda, yoshlar tomonidan ishga kirish, haydovchilik guvohnomasi olish, kredit, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, moddiy yordam olish kabi muammolari qabul qilindi.

Yoshlarning aniqlangan muammolari o‘rganilib, hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ijro muddatlari belgilanib, yo‘l xaritasiga kiritildi.

Biriktirilgan yoshlarni muammolarini o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasi hamda dastur doirasida tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech