Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov Ko‘kdala tumani “Umakay” mahalalsida yashovchi uyushmagan yoshlar muammolarini o‘rgandi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni 1-bandida
ko‘rsatilgan topshiriqqa asosan, “og‘ir” toifadagi shuningdek, iste’dodli va
iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qashqadaryo
viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan,
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi
o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov Ko‘kdala tumani “Umakay” mahalalsida
yashovchi 15 nafar “og‘ir” toifadagi
yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot ruhida
o‘tgan uchrashuvda yoshlardan bir nafari profilaktik hisobda turishi, ichki
ishlar organlarining probatsiya hisobida 2 nafar, xorijiy davlatlarda ishlab
qaytgan 10 nafar va bezorilik xatti-harakatiga moyil 2 nafar uyushmagan
yoshlarning muammolari, qiziqishlari, kelajakdagi orzulari borasida
suhbatlashildi.
Har bir yoshlar bilan
individual ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning
ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolari mavjudligi aniqlandi.
O‘rganish natijasiga
ko‘ra, Ko‘kdala tumani “Umakay” mahallasida yashovchi “og‘ir” toifadagi
yoshlarni muammolarini bartaraf etish uchun vaqt va mablag‘ talab etilgani
bois, “Yo‘l xaritasi” yoshlar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tayyorlanib,
ijroga qaratildi.
Yoshlarni muammolarini o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”
hamda “Dastur” doirasida tadbirlar davom ettirilmoqda.