27 Dekabr 2024 yil 1330

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Muborak tumanida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi

Yangi yil bayrami arafasida Muborak tumanida tashkil etilgan archa atrofida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va favqulodda hodisalarni oldini olish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati o‘rganildi. 

Tadbirga jalb etilgan huquqni muhofaza qiluvchi va ichki ishlar organlari xodimlarining hamkorlikdagi kuch va vositalarni to‘g‘ri joylashtirish va tinchlikni saqlash, bayramni tinch osuda o‘tkazish borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.

Bu boradagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech