8 Noyabr 2024 yil 940

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli

Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari – ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilovning boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasidafuqarolar bilan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlariga murojaat etib kelayotgan fuqarolar bilan bevosita va ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida bo‘lib o‘tgan qabulda yechimini kutayotgan masalalarga boshqarma boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov tomonidan alohida e’tibor qaratildi. Qabulda tergov, profilaktika va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish borasida sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Text to speech