21 Dekabr 2024 yil 589

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov huzurida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi


Yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari soha xizmatlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘lim boshliqlari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, tergov sifati, qidiruv ishlari, ma’muriy nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, viloyatda joriy yilda sodir bo‘lgan jinoyatlarning sabab va shart-sharoitlari o‘rganildi.
Hududlarda «Xavfsiz va obod mahalla» tamoyili doirasida raqamli texnologiyalar asosida infratuzilmani yaxshilash va kuzatuv kameralarini o‘rnatish, kiberjinoyatlarga qarshi kurash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda kelgusi yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiya holatlarini oldini olish, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, Yangi yil tadbirlari davrida jamoat tartibini saqlash, o‘g‘rilik jinoyatlarini oldini olish, pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishini barvaqt aniqlash, ko‘cha va jamoat joylarida xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar mas’ullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Text to speech