20 Dekabr 2024 yil 640

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov korxona va tashkilotlar, ta’lim va davlat muassasalarida issiqlik tizimining ishlash jarayonlarini o‘rganmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov korxona va tashkilotlar, ta’lim va davlat muassasalarida issiqlik tizimining ishlash jarayonlarini o‘rganmoqda.
Boshqarma boshlig‘ining bu galgi o‘rganishlari 4-mintaqaviy hudud 5-sonli Tergov hibsxonasi bo‘ldi. Xibsxonada bo‘lgan 3-sektor rahbari muassasa xavfsizlik choralari, energiya resurslaridan samarali foydalanish, isitish tizimining uzluksiz ishlashini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, muassasada oziq-ovqat ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda oshxonadagi shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.
Amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida yaratilgan shart-sharoitlar va issiqlik tizimini yanada yaxshilash borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Bu boradagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech