22 Aprel 2024 yil 420

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farrux Tairov Shahrisabz tumani “Istiqbol” MFYda aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan unumli foydalanishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Aholi tomorqasidan foydalanish jarayonlarini tuman
3-sektor rahbari IIB boshlig‘i podpolkovnik Alisher Jo‘rayev ko‘zdan kechirib, hamrohligida fuqarolar bilan suhbat o‘tkazdi. Jumladan “Ammag‘on” ko‘chasida yashovchi Atxam Qo‘ziyevning xonadonida bo‘lgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari uy egalari o‘z tomorqasidan yetishtirgan mahsulotlaridan o‘rtacha 15-20 million so‘m daromad olayotganliklarini bildirishdi.
Bundan tashqari, mahalladagi 20 nafar yoshlarga ajratilgan maydon ko‘zdan kechirilganda fuqaro Kamoliddin Turayev oilasi bilan olingan 50 sotix yerda makkajuxori ekib, dehqonchilik qilayotgani hamda bo‘sh qolgan joylarga qovun urug‘ini ekayotganligiga guvoh bo‘lindi.
“Istiqbol” mahallasiga tuman “Xalq banki” rahbariyati mas’ul etib biriktirilgan bo‘lib, beshta oilaga qo‘shimcha daromad olishi uchun 25.000 000 so‘mgacha issiqxona va chorvachilik bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozli kredit ajratish boshlandi.
Hozirda bu oilalar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yib, daromad olish uchun mehnat qilmoqda.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech