Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli
Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon
Satvoldiev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida muammo
bilan kelgan 10 nafar fuqarolarni qabul qildi. Qabulda ijtimoiy va moddiy yordam,
sog‘ligini tiklash, shuningdek, tergov va surishtiruv ishlari bilan bog‘liq turli
masalalar bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Boshqarma
boshlig‘ining fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaatlari, muammo
va takliflarini o‘rganib, yechim topish maqsadida o‘tkazilgan qabulida 2 nafar fuqaroga
huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, bir nafar fuqaroning ichki ishlar organlari
xodimlariga minnatdorchiligi ham qabul qilindi. O‘rganish uchun vaqt talab etadigan
6 ta murojaatlar nazoratga olinib, ijroga qaratildi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.