5 Mart 2024 yil 630

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov 3-sektor hududiga ko‘chat ekdi

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday xayrli tashabbusda boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov “Koson-Muborak” avtoyo‘lining “Chorbog‘” mahallasi hududidan o‘tgan qismi yo‘l yoqasiga manzarali va mevali ko‘chatlar ekdi.

Bundan tashqari tumandagi “Chiroqchi” mahallasi hududida ham agrotexnik tadbirlar asosida  ko‘chatlar ekilib, nihollar parvarishi uchun tajribali bog‘bonlarga biriktirildi.

 Qashqadaryo viloyati IIBning tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlarida bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech