9 Avgust 2024 yil 801

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida kriminogen vaziyat tahlili, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonubuzarliklarga qarshi kurashish, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlari va tarkibiy bo‘limlar hamda shahar-tuman IIB boshliqlari videoslektor tarzida ishtirok etgan yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i vohada jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tanqidiy-tahlil etdi.

  Viloyatda kriminogen vaziyati og‘ir shahar-tumanlarda jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, bunga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, o‘g‘rilik, giyohvandlik jinoyatlarini fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash,  yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida ishtirokchilarga tegishli yo‘riqnoma va topshiriqlar berdi. .

  Jinoyatlarni fosh etishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirilib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.

  Kengaytirilgan yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka og‘ishmay rioya etishi, shaxsiy tarkib o‘rtasida ichki tartib-intizom va kundalik idoraviy nazoratni kuchaytirish,  tizimda xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida beparvolik muhitiga barham berish, uchun o‘zini o‘zi profilaktika qilish tizimini yo‘lga qo‘yish tadbirlari amalga oshirilishini ta’kidladi. Xizmat jarayoni va xizmatdan tashqari vaqtlarda spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik, xizmat hududida yashash, favqulodda va salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimlariga pora taklif qilish va va boshqa noqonuniy maqsadlarni ko‘zlagan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasidagi ishlar ko‘lamini oshirish borasida teishli tavsiya va takliflar berdi.

Yakunda Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, lavozimiga podpolkovnik Mamatqulov Tal’at Abdumannobovich tayinlangani shaxsiy tarkibga e’lon qilindi.

 

Text to speech