Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Rustam Do‘stmatov boshqarma JXX JTSB Maxsus qabulxonasi va Kinologiya bo‘linmasida bo‘lib, sohaviy xizmatlar faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
dastlab, Maxsus qabulxonada bo‘lib,
ma’muriy jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning turmush tarzi, ularga
yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Sodir etgan huquqbuzarligi uchun jazo muddatini
o‘tayotgan shaxslar bilan profilaktik
suhbat o‘tkazdi.
Bu yerda
ma’muriy huquqbuzar shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi oshxona, tibbiyot xonasi,
yuvinish xonasi, taqshi sport maydonchasi va Prezident asarlari, kodekslar,
jahon va milliy adabiyot namoyondalarining 150 dan ortiq asarlari jamlangan
kutubxonada bo‘lib, kelgusida amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va
takliflarni berdi.
Boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosarining Kinologiya bo‘linmasidagi o‘rganishlari davomida
pitomnikda xodimlar malakasini oshirishgaga mo‘ljallangan instruktor-kinolog xonasi, veterinar
mutaxassis xonasi, oshxona, xizmat itlari
volyerlar, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasi va
fuqarolar olib kelgan itlari uchun va kerakli veterinariya dori-darmonlari va
oziqlantirish uchun oziq-ovqat zahiralarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga bu
boradagi ishlarni yanada takomillashtirishga oid tavsiyalar berdi.
O‘tkazilayotgan
mashg‘ulotlarda xizmat itlarini yangi uslub va tajribalardan foydalangan holda
jinoyatlarni fosh etishga o‘rgatish bo‘yicha kinologlarga tegishli yo‘riqnoma
berdi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.