26 Yanvar 2024 yil
792
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli
Boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul
qilish xonasida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev turli masalalar bo‘yicha
kelgan fuqarolarni qabul qildi. Qabulda ichki ishlar organlarining tergov va
profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari,
ishgaqabul qilish bilan bog‘liq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar bilan yuzma-yuz
o‘tkazgan muloqotida soha rahbarlariga murojaatlarning yechimini topish va
qisqa fursatda hal etish topshirig‘i berildi. Qabulda muammosi bo‘yicha huquqiy
tushuntirishlar ham berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.