Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolarni murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot
qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish,
murojaatchilarning ichki ishlar organlari bilan bog‘liq shikoyatlariga yechim
topish maqsadida tashkil etilgan
qabulda ichki ishlar organlariga ishga kirish masalalari,
profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari hamda mol mulk masalalari yuzasidan
murojaatlar eshitilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Kelib
tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish
uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga
hal etish topshirig‘i berildi.
Muloqot
davomida ko‘tarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish uchun
vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha mas’ullariga
topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.