27 Oktyabr 2023 yil
1944
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining qabuli bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,
polkovnik Shuhratjon Satvoldiev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish
xonasida qabul o‘tkazdi. Qabulda ijtimoiy, ichki ishlar organlariga ishga tiklash
va joyini o‘zgartirish, shuningdek, tergov va surishtiruv ishlari bilan bog‘liq
turli masalalar bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar bilan yuzma-yuz
muloqot qilib, ularning murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganib, yechim topish
maqsadida o‘tkazilgan qabulida bir nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan
bo‘lsa, uchta murojaatlar o‘rganish uchun vaqt talab etgani bois nazoratga olinib,
ijroga qaratildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.