27 Noyabr 2024 yil 657

Qashqadaryo viloyati IIB birlashgan kasab uyushmasi a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati IIBda ichki ishlar organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va ichki ishlar organlarining boshlang‘ich kasaba uyushmalari a’zolari, shahodatlangan xodimlar va erkin yollanma ishchi-xizmatchilar hamda faxriylar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar joriy yilning o‘tgan davrida birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari va erkin yollangan ishchi-xizmatchilarga tibbiy jarrohlik hamda to‘y va boshqa marosimlar uchun murojaati bo‘yicha moddiy yordamlar ko‘rsatilgani qayd etildi.
Amaldagi yilning o‘tgan davrida ta’tilga chiqqan ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolariga dam olishlari va sog‘liklarini tiklashi uchun sanatoriylarga yo‘llanmalar berilib, a’zolarning Buxoro va Samarqand, Xorazm viloyatlariga sayohat uyushtirildi.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va a’zolari ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: