Qashqadaryo viloyati IIB shahar-tuman IIBlari xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishning ahvoli hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida shahar-tuman IIBlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda
viloyat IIB rahbariyati, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi,
shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari
ishtirok etmoqda.
Ko‘lami
keng yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik
Zavqiddin Xo‘janov, shaxsiy tarkibning xizmat, ijrochilik intizomi va
qonunchilikka rioya etish, ma’naviy-ma’rifiy, kasbiy tayyorgarlik
yo‘nalishidagi ishlarni yanada jonlantirish,
bu borada amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar
atroflicha tahlil etmoqda.
Faoliyat
davomida sohaviy xizmatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, xizmat
vaqtida va xizmat kiyimida spirtli iste’mol qilmaslik, har bir xodim o‘z ustida
mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy
holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida rasman ogohlantirilmoqda.
Tahliliy
yig‘ilishlarda ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan
xodimlar yoshlarga ustozlik qilib, xizmat sirlarini o‘rgatishi, o‘z ustida
ishlash, kasbga oid bilimlarini puxta o‘zlashtirishi, biriktirilgan shogirdi
harakatida nojo‘ya holatlarni sezganda darhol to‘g‘ri yo‘lga boshlashi, aks
holda bu haqda rahbariyatni ogohlantirishi lozimligi tushuntirilmoqda.
O‘tkazilayotgan
yig‘ilishlar doirasida har bir hududiy ichki ishlar bo‘limida xizmat qilayotgan
xodimlarning xizmat vazifasini vijdonan bajarishi mabodo xodimlarning
xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganda shahar-tuman, viloyat IIB
rahbariyatiga yoki IIV SHXBB Qashqadaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib
ogohlantirishi uchun xizmat va uyali telefonlar raqamlari ishtirokchilarga
berildi.
Qamrovi
keng tadbir davomida shahar-tuman IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlari tanqidiy o‘rganib
chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordamlar
berilib, manzilli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Jamoat
xavfsizligini ta’minlashda fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish,
huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, fuqarolar xavfsizligini
ta’minlashda burchga sadoqat bilan xizmat qilish ichki ishlar organlarining
xalq oldidagi ob’ro‘sini ko‘tarishga xizmat qiladi.
Keng
qamrovli yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi
boshlig‘i, podpolkovnik T.Bayjanov so‘zga chiqib, har bir hududda shaxsiy
tarkib bilan turli noxush holatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan
tezkor-profilaktik suhbatlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kuchaytirilgan
tarzda o‘tkazish Vazirlik va boshqarma rahbariyati talabi ekanligini
ta’kidladi.
Ichki
ishlar jamoalarida guruhbozlik, ishqiy munosabat, ichkilikbozlik, berilgan
topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu
kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda
ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga
oshirilishi lozimligini qayd etdi.
Tahliliy yig‘ilishlarda
“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” shiori asosida
xizmat qilish bugungi kun talabi ekanligi ishtirokchilarga tushuntirilmoqda.
Tahliliy yig‘ilishlarda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim
xodimlar qattiq ogohlantirilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli
qaror qabul qilinmoqda.