Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida fuqarolarni muammolarini o‘rganish, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapovga biriktirilgan Qarshi shahridagi “Bunyodkor”, “Otchopar”, “Paxtazor” va “Gungon” mahallalarida istiqomat qiluvchi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Qarshi shahar “Bunyodkor” mahallasida yashovchi fuqaroni qurib berilgan savdo do‘konini yuritishi uchun 30 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda dastlabki savdo xarajatlari uchun pul mablag‘i, “Gungon” mahallasida yashovchi fuqaroga non va boshqa mahsulotlarni pishirish uchun duxovka hamda mikser apparati, “Paxtazor” mahallasida ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaroning yashash xonadoni kirish eshigi hamda ularning farzandlariga Yangi yil sovg‘alari berildi.
Bundan tashqari, “Otchopar” mahallasida yashovchi fuqaro hozirda tibbiyot yo‘nalishida malaka oshirish kursida tahsil olayotganligi bois, o‘quv jarayonlari tugab, sertifikat olgach, ishga joylashtirishladigan bo‘ldi.
Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.