Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasida joriy yilning o‘tgan davrida kriminogen vaziyatni jilovlash,
huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish
borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma tezkor va
sohaviy xizmatlar, shahar-tuman IIB boshliqlari va o‘rinbosarlari ishtirok
etishdi.
Ko‘lam keng yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘i
polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev ochib, amaldagi yilning o‘tgan davrida
viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning
oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha
tanqidiy-tahlil etdi. Jinoyatlarni fosh
etishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi
faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Viloyatda jamoat tartibini saqlash,
huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida sustkashlikka yo‘l
qo‘ygani uchun bir guruh mas’ul xodimlar ogohlantirilib, bu boradagi ishlarni
yanada jadallashtirish borasida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador
etilib, mas’uliyati oshirildi.
Faoliyat davomida tobora yaqinlashib
kelayotgan Yangi yil bayramini tinch-osuda o‘tkazish, jinoyatlarni erta aniqlab
oldini olish, jamoat tartibini saqlash, pirotexnika vositalari savdosi va turli
ko‘ngilochar tadbirlarda poqildoqlardan foydalanishni oldini olish lozimligi,
qish-kuz mavsumini betalofat o‘tkazish, bu boradagi ishlarni yanada
jadallashtirish yig‘ilish
ishtirokchilariga tushuntirildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan
tegishli qaror qabul qilindi.