25 Fevral 2024 yil 427

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar o'rganlarida xizmat qilayotgan xodimalar bilan xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish va psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi

Yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar xotin-qizlar zimmasiga ham alohida ma’suliyat yuklaydi. Tizimda xizmat qiluvchi xodimalar xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qashqadaryo viloyati IIB va Shahar-tuman IIB xotin qiz xodimalar ishtirokida muhokama yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda rahbarlar va xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan, o’tgan 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklarga doir tegishli chora tadbirlar ko’rib chiqildi. Tizimda fidoiy va jonkuyarlar safini yanada kengaytirish lozimligi bildirilib, olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, qonun va farmonlar tezkor xodimalarimiz e’tiborida bo’lishi ta’kidlandi. Ayol xodimalarimiz Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi oliy burchi ekanligini his etgan holda xizmat olib borayotgani e’tirof etildi. Viloyat IIB va Shahar tuman IIB xodimalarini ruhiy qo’llab-quvvatlash shuningdek ko’tarinkilik ulashish maqsadida jamoatchilik bilan muloqot psixalogiyasi mavzusida qiziqarli shartlardan iborat psixologik trening o’tkazildi. Xizmat olib borayotgan xodimalarimiz har qanday vaziyatda ham ruhiy barqarorliklarini saqlash bo’yicha ko’nikmalarini oshirib, amaliy mashg’ulotlarni tartib bilan bajarishdi. Xususan ularga duch kelishi mumkin bo’lgan qiyin vaziyatlardan mohironalik bilan chiqib ketish borasida ham qo’shimcha maslahat va tavsiyalar berib o’tildi.

Text to speech