11 Fevral 2025 yil 391

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Aduvoxid Ismoilov huzurida vohada jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil etildi

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-Qarori ijrosini ta’minlash va unda ko‘rsatilgan vazifalarni amaliyotga joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi.  Joriy yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish jamiyatda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, har bir mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish ustuvor vazifa etib belgilanib, yangicha ish uslublari amaliyotga joriy etish ishlarini jadallashtirish bugungi kun talabi ekanligini qayd etdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati haqida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.

Boshqarma tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tezkor xizmat vakillari videoselektor tarzida ishtirok etgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i viloyatda kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.

Viloyatda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholi murojaatlarni o‘rganib, muammolarni hal etish, shahar-tumanlarda sektor ishchi guruhlari tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlarni amalga oshirish, kriminogen vaziyati og‘ir, aholi gavjum to‘planadigan joylarga kameralar o‘rnatish, aniqlangan muammolarni tezda bartaraf etish sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘ydi.

Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tilib, kun tartibidagi masalalar ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech