27 Dekabr 2024 yil 1309

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Yangi yil arafasida tungi xizmatga chiqayotgan ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, Qarshi shahar IIOFMB va Qarshi tuman IIB xodimlari hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar hamda jamoatchilik vakillariga yo‘riqnoma o‘tdi.

Yig‘inda jinoyatlarni barvaqt aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash birlamchi vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Tungi xizmat xodimlariga faoliyat davomida xizmat intizomi va qonunchilikka so‘zsiz rioya etish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, eng muhimi, fuqarolarning e’tibori va ishonchni yo‘qotmaslik, bayramni tinch osuda o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Text to speech