Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlarining oila a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ko‘lami keng tadbirni MMI va KBTX boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Muslimov ochib, mamlakatimizda har
jabhada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida inson manfaati va
uning qadr-qimmati ustuvor darajaga ko‘tarilganini, albatta, bunday
sa’y-harakatlar zamirida ichki ishlar organlari xodimlarining huquq va
manfaatlari ham samarali himoya qilinayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvda MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari,
podpolkovnik Z.Kenjaeva so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 8 fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya
qilish tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda
Ichki ishlar vazirining 2022 yil 1 noyabrdagi 472-sonli buyrug‘iga asosan
ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish borasida Qashqadaryo viloyati
ichki ishlar boshqarmasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini
ta’kidladi. Jumladan, uzoq yillardan buyon ichki ishlar organlarida
xizmat qilib kelayotgan xodimlarga to‘y va boshqa marosimlar, oila a’zolarini
davolatish, sog‘ligini tiklash, еngil avtomashina olish va uy-joyini ta’mirlash
hamda uy-joy sotib olish uchun foizsiz pul mablag‘lari ajratib
kelinayotganini bildirdi.
So‘ngra, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiya va
boshqa salbiy holatlarni yuzaga keltiruvchi videofilm namoyish etildi.
Tadbirda Qarshi davlat universiteti Psixologiya
kafedrasi o‘qituvchisi Shodiya Tursunpo‘latova ichki ishlar organlari
xodimlarining oila a’zolari bilan Psixologik trening o‘tkazdi. Treningda psixodramma, stressli holatlar
profilaktikasi, motivatsion psixologik o‘yin va mashqlar bajarigan
ishtirokchilar bilan so‘rovnoma o‘tkazildi.
Yakunda xizmat vazifasini a’lo
darajada bajarib kelayotgan xodimlarning oila a’zolariga tashakkurnomalar
topshirildi.