10 Dekabr 2024 yil 909

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘i polkovnik Abdsuvoxid Ismoilov Nishon va Qamashi tuman ichki ishlar bo‘limlariida “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri hamda kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazdi

Boshqarma boshlig‘i “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil etdi. Yilning o‘tgan davrda Nishon tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi. 

Jinoyatlarni fosh etishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.

Tumanning qizil toifaga kiruvchi mahallalarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida tadbirlarni kuchaytirish, “xonadonbay”, “mahallabay” ishlarni jonlantirish borasida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech