31 Avgust 2025 yil 194

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovichning bayram tabrigi

O‘z hayotini Vatan himoyasi, el osoyishtaligi, yurt tinchligini ta’minlashdek ulug‘ ishga bag‘ishlagan Siz, azmu shijoatli Ichki ishlar organlari xodimlarini, barcha faxriylarimizni hamda ularning oila-a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Prezidentimizning bayram munosabati bilan yo‘llagan tabriklarida Mir Alisher Navoiy bobomizning “Bu olamni yaratishdan maqsad – inson edi, uni baxtli ko‘rish edi”, degan fikrlarini bejizga keltirmadilar.

Xalqimiz asrlar davomida orzu qilib, kurashib o‘tgan inson qadrini ulug‘lash, uni baxtli qilish – barcha islohotlarimizning ma’no-mazmunini tashkil qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, eng asosiysi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning kafolati bo‘la oladigan yangi tizim yaratilib, amalda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.

Bunday yutuqlarning birinchi omili sifatida xalqimizning tinch-xotirjam va osoyishtahayot kechirishi uchun mashaqqatli va mas’uliyatli ishni sharaf bilan ado etayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatini e’tirof etmasdan bo‘lmaydi.

Bugungi kunda yurtimizda “Inson qadri uchun” shiori asosida amalga oshirilayotgan ishlar dunyo jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu Ichki ishlar organlari tizimida ham asosiy maqsadga aylangan.

O‘z navbatida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati hukumatimiz va vazirlik rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirib kelinmoqda.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya asosida bo‘lib o‘tayotgan Davlatimiz Mustaqilligining 34 yilligi bayrami joylarda davom etmoqda.

Vatan uchun, uning taraqqiyoti, tinchligi, obodligi va barqarorligi hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

Go‘zal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin !

Text to speech