Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlariga ofitserlik va safdorlik lavozimlariga qabul qilingan yosh xodimlar uchun boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik o’quv yig`ini oʻtkazildi
Yurt himoyasiga bel bog‘lash, chinakam
vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash har bir insonning muqaddas burchidir.
Bugun azamat yigitlarimiz hamda qizlarimiz Vatan oldidagi ulkan vazifasi
bo’lgan xalq tinchligi, yurt obodligi yo‘lida o’z hissalarini qo’shish
maqsadida harbiy xizmatning 1 oylik o'quv kursini yakunladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining 2021-yil 27-avgustdagi 310-son “Ichki ishlar organlarida uzluksiz
o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq,
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlariga tanlov asosida xizmatga qabul
qilingan xodimlar bilan bir oy davomida Qarshi shahridagi 3-sonli harbiy
shaharchada boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. Joriy
yil 11-yanvar o’quv yig’ini so’ngida IIOlarining ofitserlik va safdorlik
lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar ishtirokida yakuniy imtihon
bo'lib o'tdi. 123 nafar xodimlardan
o‘quv yig‘ini yakunida imtihon qabul qilinib Qashqadaryo viloyati IIB
rahbariyati hamda IIV Malaka oshirish instituti ma'sul vakillari tomonidan sinovdan o’tkazildi.
Xususan, o‘quv yig‘ini yakunida boshlang‘ich
kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 123 nafar
xodimlarga sertifikatlar topshirilib,
Vatanga qasamyodni qabul qilish tantanali tadbiri boʻlib oʻtdi. Saf
maydonida qad kerib turgan yigitlar O‘zbekistonning ishonchli va yengilmas
o‘g‘lonlari ekanini, bunday tantanavor qasamyod Vatan himoyasiga kirgan yigit
hayotida bir martta sodir bo‘lishini his etdi.
Harbiy qism maydonida chinakam bayram ruhi
ko’tarildi. Ayniqsa, harbiy orkestr ijrosidagi marsh sadolari barchani bir
maqsad va maslak yo‘lida birlashtirdi.
Sodiq bo‘lishga ont ichgan har bir askarga IIV
hamda Viloyat IIB rahbariyati ishonch
bildirib bugungi unutilmas kun bilan qutladi.
Vatanga qasamyod tadbiri posbonlarning saf
maydoni boʻylab tantanali yurishi bilan yakunlandi.