Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati mas’ul xodimi hamda “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi mutaxassislari tomonidan, zo‘ravonlikka qarshi kurashning xalqaro va milliy me’yoriy-huquqiy asoslari xususida so‘z yuritishdi.
Jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarni oldini olish, ularning huquqiy bilimi va savodxonligi oshirish, psixologik yordam hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “Himoya orderi” berish tartibi xususida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Zo‘ravonlikning sabablari, ishtirokchilari va turlari, uning oilaviy nizodan farqini aniqlashtirish maqsadida ishtirokchilar yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda mashamaliy mashg‘ulotlar olib borilib, xodimalarning erkin fikr bildirishi va shu qatorda mavzuga doir bilimlari yanada mustahkamlandi.
Ikki kun davom etgan trening yakunida ishtirokchilar mavzuni qay darajada tushunganliklarini bilish maqsadida ulardan sinovlari olindi.