22 Fevral 2024 yil
310
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik A.Allanazarov boshchiligidagi ishchi guruh Qamashi tumani “Oynako‘l” MFYda yashovchi uyushmashgan yoshlarning turmush tarzi, muammolarini "xonadonbay" o‘rgandi.
O‘rganishlar jarayonida yoshlarning ishsizlik, kredit olish, kasb-hunarga
o‘qitish kabi o‘ndan ortiq muammolari tinglanib, yechimini topish choralari
ko‘rildi. Mablag‘ va vaqt
talab etadigan masalalar ijro uchun
mas’ullarga biriktirildi. Ayrim muammolar bo‘yicha murojaatchilarga huquqiy
maslahatlar berilib, mahalla yettiligiga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek,
otaliqqa olingan yoshlar tomonidan kelgusida jinoyat va huquqbuzarlik sodir
etmaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar ham o‘tkazildi.
O‘rganish
ishlari davom ettirilmoqda.