Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovichning Mustaqilligimizning 33-yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum,
Hurmatli hamkasblar !
O‘z
hayotini Vatan himoyasi, el osoyishtaligi, yurt tinchligini ta’minlashdek ulug‘
ishga bag‘ishlagan siz, azmu shijoatli ichki ishlar organlari xodimlarini,
barcha faxriylarimizni hamda ularning oila-a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi
davlat mustaqilligining
33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Muhtaram
Prezidentimiz tashabbuslari bilan ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan
tizimli islohotlar natijasida xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, eng
asosiysi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning kafolati bo‘la oladigan
yangi tizim yaratilib, amalda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.
Bunday
yutuqlarning birinchi omili sifatida xalqimizning tinch-xotirjam va osoyishta
hayot kechirishi uchun mashaqqatli va mas’uliyatli ishni sharaf bilan ado
etayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatini e’tirof etmasdan
bo‘lmaydi.
Xodimlarimiz
kunlarni tunlarga ulab, kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini
olish, fosh etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat tartibini
saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdek vazifalarni sadoqat bilan
bajarib kelmoqdalar.
Bugungi kunda
yurtimizda “Inson qadri uchun” shiori asosida amalga oshirilayotgan ishlar
dunyo jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu Ichki ishlar
organlari tizimida ham asosiy maqsadga aylangan.
O‘z
navbatida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati hukumatimiz va vazirlik
rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirib kelinmoqda.
Muhtaram
Prezidentimizning sohaga bo‘lgan e’tiborlari natijasida xodimlarga munosib
shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy yilda bir qator
ishlar amalga oshirildi.
Yaratilayotgan
shart-sharoitlarga javoban, xodimlarimiz tomonidan yurtimiz va xalqaro miqyosda
o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishilmoqda.
Hususan,
- “Eng
namunali Vatanparvarlik burchagi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida
Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi faxrli 2-o‘rinni band etdi.
- shu
kunga qadar xodimlarimiz 6 marotaba Respublika va 3 marotaba jahon chempionati
sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan
o‘rin egalladilar.
- joriy
yilning aprel oyida viloyat Huquqni muhofaza qiluvchi organlari shaxsiy tarkibi
o‘rtasida sportning “Sambo” turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada Viloyat IIB
jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladilar.
- joriy
yilning 13-17-avgust kunlari xodimalarimiz Buxoro shahrida Vazirlik tarkibiy va
hududiy bo‘linmalari ayol harbiy xizmatchi va xodimalari o‘rtasida “To‘maris
izdoshlari” Respublika musobaqasida faol ishtirok etib, 18 ta jamoa orasida
faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Aziz
hamkasblar !
Vatan
uchun, uning taraqqiyoti, tinchligi, obodligi va barqarorligi hamda xalqimiz
farovonligi yo‘lida qilingan xizmat hech qachon unutilmaydi.
Shu
bois, barchangizga olib borayotgan ushbu mas’uliyatli va sharafli ishlaringizda
ulkan zafarlar tilayman. Oilaviy baxt, sihat-salomatlik, uzoq umr,
dasturxoningiz-dagi qut-baraka Sizlarni xech qachon tark etmasin.
Go‘zal
va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon, osmonimiz doimo musaffo
bo‘lsin !
Qashqadaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ismoilov Abduvoxid
Salomovich