19 Dekabr 2023 yil 478

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi shahrida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish maqsadida tungi xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazdi

Qarshi shahrida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mahallalarni jinoyatdan holi xavfsiz hududga aylantirish hamda aholi muammolarini manzilli bartaraf etish borasida Qarshi shahar IIO FMBda tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari, milliy gvardiya, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari va qator mutasaddi idoralar vakillariga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov xizmat oldi tegishli topshiriq va yo‘riqnoma berdi.

So‘ngra, Qarshi shahar Mustaqillik ko‘chasida qad rostlagan Yangi yil archasi atrofida bo‘lib, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan huquq-tartibot organlari xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, o‘tkazilayotgan “Dolazrb 40 kunlik”, “Xavfsiz hudud” tadbirlari doirasida  amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik targ‘ibotni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish, tungi o‘zini o‘zi qo‘riqlash guruhlari faoliyatini jonlantirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech