Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Boshqarma sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida jamoatchilik asosida xizmat qilib kelayotgan yoshlar yetakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda joylarda yosh xodimlarning faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarga oid faoliyati atroflicha tahlil etildi.
Bo‘lib o‘tgan tanlovda yoshlar yetakchilari yoshlar bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlari va kelgusi rejalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
So‘ngra, sohaga oid va kitobxonlik borasidagi savol-javoblar asosida yoshlar yetakchilarining intellektual bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yoshlar yetakchisi, kapitan Javdod Boymurodov qo‘lga kiritdi.
Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi Yoshlar yetakchisi, kapitan Sherzod Salimov va Chiroqchi tumani ichki ishlar bo‘limi Yoshlar yetakchisi, kapitan Furqat Qiyomovlar egalladi.
G‘oliblar boshqarma rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar