28 Noyabr 2023 yil 1045

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Yil ayoli”  va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda viloyatning barcha shahar tuman hokimligi, voha huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va keng jamoatchilik hmda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Ko‘rik-tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasida Shahrisabz tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik Moxigul Kenjaeva g‘olib deb topildi.

G‘oliblar tanlov diplomi va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech