Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari – ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Qarshi shahrida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Fuqarolar bilan bevosita va ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida bo‘lib o‘tgan qabulda yechimini kutayotgan masalalar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov tomonidan qabul qilindi.
Qabulda tergov, profilaktika va
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv
harakatlari hamda ijtimoiy sohalarga oid 12 ta
murojaatlar tinglandi.
Kelib tushgan murojaatlarning 2
tasi ijobiy hal etilib, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish
uchun vaqt talab etadigan 10 ta murojaatlar alohida nazoratga olinib,
mas’ullarga hal etish topshirig‘i berildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish borasida sayyor qabullar davom ettirilmoqda.