Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida joylashgan «UzShoes» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. “UzShoes” korxonasi belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda erkaklar, ayollar va bolalar uchun charm poyabzallar ishlab chiqarmoqda.
Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida joylashgan «UzShoes» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
“UzShoes” korxonasi belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda erkaklar, ayollar va bolalar uchun charm poyabzallar ishlab chiqarmoqda.
Sektor rahbari poyabzallarni tayyorlash jarayonini ko‘zdan kechirib, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Korxona rahbariyati bilan bo‘lgan suhbatda chet ellik mutaxassislarni jalb etib, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlash bu borada targ‘ibot ishlarini jonlantirish borasida takliflar berib o‘tdi.
O‘rganishlar doirasida 3-sektor rahbari “SOFCO” kichik sanoat zonasida bo‘lib, mavjud ish o‘rinlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Kichik sanoat zonasi rahbariyatiga yangi ish o‘rinlarini ochish va yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida tavsiyalar berdi.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rganishlari davom etmoqda.