30 Iyul 2024 yil
651
Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari Qamashi tumanida bo‘ldi
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
polkovnik Abduvohid Ismoilov tuman markazidagi ichki yo‘llarning ta’mirlanishi
va chorvachilik yo‘nalishidagi "Murodov Rahmatulla" fermer xo‘jaligi
faoliyati bilan tanishdi.
Tuman markazidagi Amir Temur va O‘zbekiston
ko‘chasining avtomobil yo‘lini kengaytirish va asfaltlashtirish davom etmoqda.
Hozirda O‘zbekiston ko‘chasida ishlar olib borilmoqda.
Tumandagi
"Murodov Rahmatulla" fermer xo‘jaligida simmental va golshteyn
turidagi qoramollar boqiladi. Sut va
go‘sht mahsulotlari ichki bozorlarga chiqariladi.