1 May 2024 yil 318

Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari – ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahridagi Ishga marhamat monomarkazida bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari  ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahridagi Ishga marhamat monomarkazida bo‘ldi.
Ishga marhamat monomarkazida kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish o‘quv kurslarida kasbga o‘qitilayotgan yoshlarning kun tartibi va o‘rganayotgan hunari bilan yaqindan tanishdi.
Monomarkazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kasbga o‘rgatish mashg‘ulotlari bilan tanishib, hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
Yoshlarga hunar o‘rganish davomida har bir detal va dars mashg‘ulotlarini qunt bilan o‘rganib, kelajkda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lish lozimligini uqtirdi.
So‘ngra, Qarshi shahar “Oydin” mahallasi yettiligi bilan suhbatlashdi. Mahallada iqtisodiy-ijtimoiy holatlar, uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlanganligi, ishlash yoki boshqa maqsadlarda xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolarni bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha atroflicha sektor rahbarlari va mahalla yettiligiga taklif va tavsiyalar berdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech