Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB tomonidan jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi “Yo‘l posboni”lari faoliyatini tashkil etildi.
Transport vositalari jamiyatda katta ijtimoiy o‘zgarishlarga
olib kelib, fuqarolarimizning moddiy imkoniyatlari shaxsiy transportga bo‘lgan
ehtiyojini kuchaytirmoqda. Mamlakatimizda
avtomobil sanoatining rivojlanib borayotganligi yo‘llarda transport vositalarining
keskin ko‘payishiga olib kelmoqda.
Hozirgi kunda, viloyatmiz aholisi soni 3 560 633 nafar, transport vositalari soni 367 066 ta, avtomobil yo‘llari uzunligi 22 035 kilometr, maktablar soni 1225 tani, shundan yo‘l yoqasida joylashgan maktablar 393 taga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 11-iyun kunidagi “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi “Yo‘l posboni” to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 162-sonli buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB tomonidan jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi “Yo‘l posboni”lari faoliyatini tashkil etildi.
Jumladan; 2022 yilda 127 nafar 2023 yilda 234 nafar, jami 361 nafar ko‘ngillilardan “Yo‘l posbon”lari olinib, tarkibiy tuzulmada 7 nafar OAV hamda jamoatchilik vakillari, 49 nafar fidokor yoshlar va 178 nafar umumta’lim maktabi o‘qituvchilaridan tashkil topgan. Ularga xizmatda foydalanish uchun stop belgisi, yo‘l posboni kamzuli (jeket) hamda yo‘l posboni beyjiklari tayyorlangan ruxsatnomalar tarqatilib, ularning imkoniyatlaridan hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va piyodalar o‘tish yo‘laklarida piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida foydalanib kelinmoqda.
Bugun yana
jamoatchilik vakillaridan 80 nafar ko‘ngilli “Yo‘l posbon”lari tanlab olinib,
kelgusida ular imkoniyatidan ham samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
Biz harakat xavfsizligini ta’minlashda barcha kuch va imkoniyatlarimizdan oqilona foydalanib, harakat qatnashchilarini yo‘l intizomiga qat’iy amal qilishlariga erishsak, hodisalar soni kamayib, ko‘plab insonlarning hayotini va salomatligini saqlab qolamiz.
Shu o‘rinda
eslatib o‘tamizki, Yo‘l posboni sifatida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan
ko‘ngilli fuqarolarimizni Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXBga murojaat
etishlarini so‘rab qolamiz.