24 Aprel 2024 yil 260

Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXBda saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Saf ko‘rigida katta va kichik ofitserlar, safdor va serjantlar tarkibi xodimlarining tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimini kiyish tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida bo‘ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning qay darajada shakllanganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘rikdan so‘ng saf tayyorgarligi mashg‘ulotida Saf Nizomida belgilangan mashqlar bajarildi. Bundan tashqari, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomi va qonunchilikka to‘liq rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish borasida yo‘riqnomalar o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.

Text to speech