Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati bo’yicha boshqarmasi ma’sul xodimi
hamda viloyat IIB JXX YHXB boshlig’I polkovnik Aziz Sadirov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonun buzilishi,
korrupsiya va tamagirlik holatlarini oldini olish, salbiy xatti-harakatlar
sodir etgan xodimlar ichki ishlar organlaridan bo‘shatish bilan cheklanib
qolmasdan jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi
to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari,
sohaga oid IIVning buyruq va farmoyishlari, tegishli koʻrsatmalari hamda “Ichki ishlar organlari
xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” qoidalariga rioya etishlari lozimligini ishtirokchilarga
tushuntirdi.