18 Oktyabr 2024 yil 577

❗️Qashqadaryo viloyat IIB ogohlantiradi: Internetda firibgarlikning yangi koʻrinishi avj olmoqda

❗️Qashqadaryo viloyat  IIB  ogohlantiradi: Internetda firibgarlikning yangi koʻrinishi avj olmoqda


Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram orqali vazirlik, idora va turli tashkilotlar rahbari yoki masʼul xodimi nomidan soxta profillar yaratilib, qoʻl ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.

Bu qanday sodir boʻladi? Firibgarlar korxona yoki tashkilot rahbari nomidan telegram messenjerida soxta akkaunt ochib, qoʻl ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi.Muloqot davomida firibgar, xodimga goʻyoki uni huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va (rahbardan) baʼzi maʼlumotlarni soʻrashganini aytadi. Bir ozdan soʻng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini maʼlum qiladi.

Firibgarning gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan soʻng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga soʻragan barcha maʼlumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzogʻiga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablagʻlaridan ayrilib qolmoqdalar.

Ogoh boʻling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qoʻngʻiroq qilib yoki shaxsan maʼlumotni qayta tekshirib koʻring!

Text to speech