Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Kitob tumanida kriminogen vaziyat tahlili, jinoyatchilikni jilovlash, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar borasida bo‘lim boshlig‘ining taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda shaharda odam gavjum bo‘ladigan joylar, ko‘ngilochar maskanlar istirohat bog‘larida, turizm maskanlarida jamoat tartibini saqlash, qonunbuzarliklarni oldini olishga jalb etilgan kuch va va vositalarning harakati natijasida osoyishtalik barqarorligi ta’minlanayotgani va jinoyatlarni oldini olish, profilaktik tadbirlarni keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda olib borilayotgani tadbirlar samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilayotgani qayd etildi.
Boshqarma boshlig‘i amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etib, kelgusida kriminogen vaziyatni jilovlash borasida bo‘lim rahbariyatiga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.