Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov Qamashi tumanida bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida uyushmagan
yoshlarni qamrovga olish, ularda yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat, yurt
ravnaqiga daxldorlik tuyg‘ularini
yuksaltirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni foydali mehnatga jalb qilib,
bunyodkorlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor
vazifalaridan biriga aylangan.
Bu borada amalga oshirilayotgan
ishlar bilan yaqindan tanish maqsadida viloyat 3-sektor rahbari- ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
Abduvoxid Ismoilov Qamashi tumani “Sarbozor” mahallasida bo‘lib,
yoshlarning dehqon xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati bilan yaqindan
tanishdi. Ushbu mahallada "Bir hudud - mahsulot" tamoyili asosida 20
gektar maydon 27 nafar yoshlarga ajrtib berilgandi. Yoshlar ajratilgan yerda
qovun ekib, chet mamlakatlarga eksport qilib, salmoqli daromad olishdi.
O‘rganishlar davomida zahira
yerda qovun yetishtirgan yosh tadbirkor Behruz O‘ralov bilan muloqotda
bo‘ldi.
So‘ngra, Qamashi tumani “Chim”
mahallasida bo‘lgan 3-sektor rahbari
"G‘ijduvon tajribasi" asosida barpo bo‘layotgan tadbirkorlik
subyektlari bilan tanishdi. Hozirda eski bir qavatli binolar o‘rniga yangi ikki
undan ko‘p qavatli tadbirkorlik obyektlari qurilmoqda. Tadibirkorlar bilan
suhbat qilib, ularga yo‘nalish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
“Mang‘it” mahallasida tuman markaziy
o‘yingohida amalga oshirilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan
tanishilib, mustaqillik bayramigacha qurilish ishlarini tugatish bo‘yicha
tavsiya va takliflar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2024 — 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Qamashi tumanida qurilayotgan 120 o‘rinli 5
qavatdan iborat tug‘ruq kompleksi bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida bino
atrofini obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida
mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
“Chim” mahallasi hududidagi "Sanjar Diyorovich"
fermer xo‘jaligi maydonida bo‘lgan rahbar 20 gektar maydondagi paxta hosili, 13
gektar maydonda yetishtirilayotgan takroriy ekin mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar yakunida tuman Paxta
to‘qimachilik klasterlarining paxta qabul qilish punktida bo‘lib,
tirkamalarning mavsumga shayligi o‘rganilib, texnik sozligi, yong‘in va
favqulodda holatlarni olini olish bo‘yicha soha mutasaddilariga tegishli
tavsiyalar berdi.
Buboradagi ishlar davom ettirilmoqda. .