Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i Shahrisabz shaxar va Shahrisabz tumanida muqobil energiya manbalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Qashqadaryo viloyat IIB
boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov rahbarligida, Shahrisabz shaxar va
Shahrisabz tuman sektor rahbarlari, hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot
rahbarlari, tadbirkorlar va mahalla "yettiligi" ishtirokida muqobil
energiya manbalaridan keng foydalanish, jumladan, quyosh panellarini
o‘rnatishga qaratilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, quyosh
panellarini o‘rnatish orqali elektr energiyasi va bunga sarflanayotgan
mablag‘larni tejash hamda ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarini qayta
tiklanuvchi energiya manbai bilan to‘liq ta’minlash haqida so‘z bordi.
Shuningdek, quyosh
panellarini o‘rnatish uchun berilayotgan imtiyozlar hamda ishlab chiqarilgan va
o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr
energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi
xususida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.