13 Dekabr 2024 yil 775

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov “Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun“ maxsus profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Qarshi shahar IIO FMBda yig‘ilish o‘tkazdi

Qarshi shahar IIOFMBda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida va joriy yilning o‘tgan davrida jinoyatlarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda  boshqarma boshlig‘i jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, borasida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil qildi. O‘tgan davrda qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar talab darajasida amalga oshirilmagani ta’kidlandi. Shaharda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.   Bundan tashqari, shahar-tumanlarda sektor ishchi guruhlari tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash, hududlarda kommunal sohadagi kamchiliklarni muntazam nazorat qilib, uchraydigan muammolarni tezda bartaraf etish, asosiy e’tibor aholining e’tiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni barvaqt aniqlash va ushbu muammolarni sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi ishtirokchilarga e’tiboriga yetkazildi.

Text to speech