11 Dekabr 2024 yil 1046

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov “Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun“ maxsus profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Ko‘kdala tumanida bo‘ldi

Boshqarma boshlig‘i tuman hududida kriminogen vaziyat tahlili, jinoyatchilikni jilovlash, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar borasida bo‘lim boshlig‘ining taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda tumanda, avariya o‘choqlari, odam gavjum bo‘ladigan joylar, qonunbuzarliklarni oldini olishga jalb etilgan kuch va va vositalarning harakati natijasida osoyishtalik barqarorligi ta’minlanayotgani va jinoyatlarni oldini olish, profilaktik tadbirlarni keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda olib borilayotgani tadbirlar samaradorligini oshirish xususida takliflar berdi. Aholi gavjum to‘planadigan joylar, bozorlar va kriminogen vaziyati og‘ir hududlarga videokamerlar o‘rnatish, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.  

Boshqarma boshlig‘i amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etib, kelgusida kriminogen vaziyatni jilovlash borasida bo‘lim rahbariyatiga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech