Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov “Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun“ maxsus profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Dehqonobod tumanida bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Dehqonobod tuman ichki ishlar bo‘limida “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri hamda kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida boshqarma boshlig‘i Dehqonobod tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi. Tumanning qizil toifaga kiruvchi mahallalarida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasidagi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, “xonadonbay”, “mahallabay” ishlarni jonlantirish borasida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi. Jinoyatlarni fosh etishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.